Misr tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Diplomatik tadqiqotlar instituti direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2024-yilning 15-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Misr Arab Respublikasi tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Diplomatik tadqiqotlar instituti direktori Valid Hajjoj bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Misr aloqalarini faollashtirish masalalari muhokama qilinib, ilmiy-tadqiqot va ta’lim sohasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Bu yo‘nalishda yangi qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.
Tomonlar V.Hajjoj va O‘zbekiston Respublikasi TIV huzuridagi Xalqaro munosabatlar axborot-tahliliy markazi rahbariyati o‘rtasida yaqinda o‘tkazilgan muzokaralar yakunlari hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Diplomatik akademiya bilan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanganini olqishladilar.