Misr Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2023-yilning 31-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A'loyev Misrning Favqulodda va Muxtor Elchisi Amira Faxmini qabul qildi.
Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Turli darajalarda rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.
Muloqotda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.