Misr Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

 2024-yil 21-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Misr Arab Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Tamir Hammad bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati, shuningdek, ularni turli sohalarda yanada mustahkamlash imkoniyatlari muhokama qilindi. Avval erishilgan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarishga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan bo‘lajak tadbirlar jadvali ham muhokama qilindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий