Misr Elchisi bilan uchrashuv haqida

 2024-yil 26-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Misrning O‘zbekistondagi Elchisi Tamir Hammad bilan uchrashdi.

Ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish, madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish va avval erishilgan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish masalalarini muhokama qildilar.

2025-yilda tomonlarni qiziqtirgan turli yo‘nalishlarda qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий