Misr Elchisi bilan uchrashuv

 

2022-yil 1-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Misr Arab Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Amira Fahmini qabul qildi.

Uchrashuvda O'zbekiston-Misr hamkorligi barcha sohalarda jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. 

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni o'z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan tomonlar birgalikda choralar ko'rishga tayyorligi ta'kidlandi.

Bo’lajak tadbirlar jadvali, xususan, Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha O'zbekiston-Misr Hukumatlararo komissiyasining yig'ilishi va ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida maslahatlashuvlarining navbatdagi davrasi bilan bog’liq masalalar ko'rib chiqildi.

Iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish istiqbollari, jumladan, ishbilarmon doiralarning bevosita aloqalarini rag'batlantirish, biznes forumlarni tashkil etish, to'qimachilik, qishloq xo'jaligi, farmatsevtika va boshqa sohalarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo'yicha fikr almashildi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi tomonlarning o'zaro munosabatlariga alohida e'tibor qaratildi.

Misr delegatsiyasining Samarqand shahrida bo'lib o'tadigan ShHT sammitida ishtirokiga doir tashkiliy jihatlar muhokama qilindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий