Misr Elchisi bilan Misr Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Misr Arab Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Amira Fahmiy bilan uchrashdi.
Tomonlar O‘zbekiston-Misr o‘rtasidagi har tomonlama sheriklik munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani va ko‘p qirrali hamkorlik kengayayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlik salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ko‘rishga o‘zaro hozirlik tasdiqlandi.
Turli daraja va shakldagi bo‘lajak uchrashuvlar jadvali, jumladan, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi muhokama qilindi.