MDHga a'zo davlatlar elchilari bilan uchrashuv to'g'risida
2023-yil 3-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Bahromjon A'loyev Ozarbayjon Respublikasi Elchisi Guseyn Guliyev, Belarus Respublikasi Elchisi Leonid Marinich, Qozog'iston Respublikasi Elchisi Beybut Atamkulov, Qirg'iz Respublikasi Elchisi Musa Jamanbayev, Rossiya Federatsiyasi Elchisi Oleg Malginov, Tojikiston Respublikasi Elchisi Abdujabbor Rahmonzoda va Turkmaniston Elchisi Yazguli Mammedovni qabul qildi.
Uchrashuvda Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi doirasidagi tomonlar hamkorligining turli jihatlari va qo'shma dasturlar ijrosi jarayoni muhokama qilindi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga a'zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining O'zbekistondagi bo'lajak majlisiga tayyorgarlikning tashkiliy, protokol va mazmuniy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.