MDH Parlamentlararo Assambleyasi xalqaro kuzatuvchilar missiyasi vakillari bilan uchrashuv
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo Assambleyasi xalqaro kuzatuvchilar missiyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish masalalarini muhokama qildi.
Shuningdek, MDH doirasida amaliy hamkorlikni oshirish, Hamdo‘stlikka a’zo davlatlar o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.