MDH Bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashuv to‘g‘risida
2024-yil 27-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Bosh kotibi o‘rinbosari Denis Trefilov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqotda MDH missiyasi ishini muvaffaqiyatli boshlagani, shuningdek, uning Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovni kuzatish bo‘yicha shtabi faoliyati yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida Hamdo‘stlikning bo‘lajak sammitiga tayyorgarlikning borishi muhokama qilindi, Tashkilotning joriy faoliyatiga oid masalalar ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda MDH missiyasi shtab rahbari Yevgeniy Kozyak ham ishtirok etdi.