Mashhadda IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

 

2024-yil 3-dekabr kuni Mashhad shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga (IHT) a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari B.Usmanov boshchilik qildi.

Delegatsiyalar rahbarlari 2025-yilda Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadigan IHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qildilar va Tashkilot doirasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan fikr almashdilar.

Yig‘ilish yakunida ishtirokchilar Mashhad kommyunikesini qabul qildilar.

2025-yil 1-yanvardan IHTga raislik bir yil muddatga Erondan Qozog‘istonga o‘tadi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий