Martti Axtisaari tinchlik fondi ekspertlari bilan uchrashuv to‘g‘risida

 2024-yil 30-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev va Finlyandiyaning Martti Ahtisaari tinchlik fondi notijorat tashkiloti ekspertlari doktor Edvard Markes va Otto Turtonen o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Fond vakillari O‘zbekistonning Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik o‘rnatishdagi muhim rolini ta’kidladilar. Shuningdek, turli tomonlar o‘rtasida muloqotni qo‘llab-quvvatlash, tadqiqot o‘tkazish va bu boradagi strategiyalarni ishlab chiqish uchun O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Afg‘onistonda tinch yo‘l bilan hal etish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdan manfaatdorligini bildirdilar.

Uchrashuv yakuni bo‘yicha afg‘on masalasini hal qilish uchun muloqot va fikr almashishni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий