Marokash Podshohligi Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv toʻgʻrisida
2022-yil 23-noyabr kuni Fes shahrida (Marokash) boʻlib oʻtayotgan BMT Tamaddunlar ittifoqining toʻqqizinchi Global forumi doirasida Tashqi ishlar vaziri birinchi oʻrinbosari F.Sidiqov va Marokash Tashqi ishlar vaziri N. Burita bilan uchrashdi.
N.Burita Fes shahrida (Marokash) boʻlib oʻtayotgan BMT Tamaddunlar ittifoqi global forumida ishtirok etgani uchun Oʻzbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdi.
Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va turizm sohalarida oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Hozirgi tovar ayirboshlash hajmi ikki davlatning mavjud salohiyatiga mos kelmasligi taʼkidlandi.
Muloqotda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi.