“Markaziy Osiyo+Yaponiya” muloqoti yuqori mansabdor shaxslarining onlayn uchrashuvi boʻlib oʻtdi

 

2022-yil 20-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidiqov “Markaziy Osiyo+ Yaponiya” muloqoti yuqori mansabdor shaxslarining onlayn shakldagi amaliy uchrashuvida ishtirok etdi.

Uchrashuvda Tokioda boʻlib oʻtadigan “Markaziy Osiyo+Yaponiya” muloqoti tashqi ishlar vazirlarining 9-konferensiyasi kun tartibi, konsepsiyasi va dasturi muhokama qilindi.

Ishtirokchilar mintaqamiz va xorijiy davlat oʻrtasidagi koʻp tomonlama hamkorlikning dastlabki platformalaridan biri boʻlgan mazkur format doirasidagi oʻzaro hamkorlik darajasini yuqori baholadi.

Uchrashuvda soʻzga chiqqanlar ishtirokchi-mamlakatlar vakillari hamkorlikning dolzarb masalalari haqida soʻz yuritib, sheriklikni yanada chuqurlashtirish boʻyicha takliflarni ilgari surdilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий