Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazrahbari bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

2022-yilning 11-dekabr kuni Ashxobod shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov boshchiligidagi delegatsiya BMTning Markaziy Osiyoda Preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi (MOPDMM) rahbari Natalya German bilan uchrashdi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston bilan BMT o‘rtasidagi, xususan, MOPDMM bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

MOPDMM rahbari O‘zbekiston Prezidenti rahbarligida barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholadi. U O‘zbekistonning so‘nggi yillarda BMT va uning tuzilmalari doirasidagi faolligi ortib borayotganini alohida ta’kidladi.

Natalya German taʼkidlaganidek, Oʻzbekiston BMTning ishonchli hamkori boʻlib, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash, Markaziy Osiyoda yaxshi qoʻshnichilikni mustahkamlash, barqaror rivojlanish va iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashishga muhim hissa qoʻshmoqda.

Markaz rahbari 2022-yil mart oyida Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo davlatlarining  BMTning terrorizmga qarshi global strategiyasi amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasi doirasidagi mintaqaviy hamkorligi” mavzusidagi xalqaro konferensiyani birgalikda tashkil etgani va yuqori saviyada o‘tkazgani uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdi. 

Tomonlar O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash yuzasidan fikr almashdilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий