Markaziy Osiyo mamlakatlari Yevropa kompaniyalari uchun yangi o'sish nuqtalari bo'lishi mumkin

 

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov "Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo" Vazirlar yig'ilishi kun tartibining "Iqtisodiy sheriklik, savdo va investitsiyalar sohasida hamkorlik" mavzusi bo'yicha so'zga chiqdi.

Vazirning ta'kidlashicha, global nobarqarorlik sharoitida Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish zarurati ortib bormoqda. Shu bilan birga, mintaqa davlatlari Yevropa kompaniyalari uchun yangi o'sish nuqtalariga aylanishi mumkin bo'lgan qulay va istiqbolli bozorlardir.

O'zbekiston tomonining Yevropa Ittifoqi bilan ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, ilg'or texnologiyalar va nou-xaularni jalb qilish, investitsiyalar jalb etish, sifat menejmentining zamonaviy tizimlarini joriy etish va boshqa yo’nalishlarda aloqalarni jadallashtirishdan manfaatdorligi qayd etildi. O'zbekistonga GSP+ maqomini berilishi hamkorlikni kengaytirishda berishda muhim qadam bo'ldi. Ushbu tizim doirasida respublika 2023-yilda eksport hajmi 700 million dollargacha, sotiladigan tovarlar turlarini esa 600 ta yetkazishga tayyor. Bunda to'qimachilik, mebel va agrosanoat sanoatining tayyor tovarlari, charm va gilam mahsulotlari, zargarlik buyumlariga alohida e'tibor qaratiladi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish va transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish bo'yicha uzoq muddatli strategik dastur, shuningdek, Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o'rtasidagi savdoni rivojlantirish bo'yicha qo'shma dastur ishlab chiqish zarurligi ta'kidlandi. 

Savdo sohasida mutaxassislar tayyorlash bo'yicha mintaqaviy markaz tashkil etish, Transkaspiy multimodal yo'nalishi salohiyatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, mavjud xalqaro multimodal yo'laklarning imkoniyatlarini oshirish hamda yangilarini barpo etish bo'yicha sa'y-harakatlarni jipslashtirish bo'yicha takliflar bildirildi.

V.Norov, shuningdek, turizm sohasida Markaziy Osiyo va Yevropa o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, jumladan, qo'shma dasturlarni amalga oshirish, madaniyatlararo muloqotning raqamli platformalarini ishga tushirish va yoshlarni faol jalb etish muhimligini ta'kidladi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий