Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi tashqi ishlar vazirlari oʻrinbosarlarining onlayn-uchrashuvi toʻgʻrisida

 2022-yil 12-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidiqov Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi tashqi ishlar vazirlari oʻrinbosarlarining onlayn amaliy uchrashuvida ishtirok etdi.

Uchrashuvda joriy yil 25-oktabr kuni Pusan shahrida (Koreya Respublikasi) tashqi ishlar vazirlari darajasida boʻlib oʻtadigan “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” hamkorlik forumining boʻlajak 15-yigʻilishi kun tartibi, dasturi va tashkiliy masalalari kelishib olindi.

Ishtirokchilar shu yil oʻzining 15 yilligini nishonlayotgan ushbu format doirasidagi oʻzaro hamkorlik darajasini yuqori baholadilar.

Qayd etilganidek, Koreya Respublikasi va mintaqa davlatlari oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligi arafasida boʻlib oʻtadigan tashqi ishlar rahbarlarining uchrashuvi tomonlar oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlik, ishonch va doʻstona munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan muhim voqea boʻlishi shubhasiz.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий