Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2024-yil 26-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze, BMT Bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili va BMTning Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish missiyasi rahbari Roza Otunboyeva hamda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari bilan uchrashdi.
Ta’kidlanganidek, Markaziy Osiyo O‘zbekiston tashqi siyosatida ustuvor yo‘nalish bo‘lib hisoblanadi. Uchrashuv davomida siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, iqtisodiy integratsiyani kengaytirish, ekologik hamkorlikni kuchaytirish, transport yo‘nalishlarini bog‘lash, xalq diplomatiyasini rivojlantirish va Afg‘oniston bo‘yicha sheriklikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.