Markaziy Osiyo – Xitoy formati aloqalarining mustahkamlanishi

 

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi 25-26-aprel kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘ldi.

Tashrif davomida delegatsiya Markaziy Osiyo – Xitoy formati doirasida tashqi ishlar vazirlarining VI uchrashuvida etdi. Vazirlar mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, savdo va oʻzaro bogʻliqlikni kengaytirish, umumiy chaqiriqlarga birgalikda yechim topish masalalarida samarali va samimiy muhokamalar o‘tkazdi.

Oʻzbekiston o‘z qoʻshnilari va Xitoy bilan strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish, oʻzaro ishonchni mustahkamlash va mintaqamizda barqaror rivojlanishni ragʻbatlantirishga sodiqligi ta’kidlandi. Uchrashuvda ilgari surilgan tashabbuslar barcha uchun umumiy farovonlik yoʻlida xizmat qilishiga qat’iy ishonch bildirildi.

Bundan tashqari, vazir tashrif davomida Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan samarali uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini chuqurlashtirish masalalari yuzasidan ochiq va atroflicha fikr almashdi. Savdo, transport-logistika aloqalari, mintaqaviy xavfsizlik va xalqaro hamkorlik kabi keng ko‘lamli yo‘nalishlarni qamrab olindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий