“Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” 17-hamkorlik forumi to‘g‘risida
2024-yil 4-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” 17-hamkorlik forumida ishtirok etdi. Bugungi kunda Markaziy Osiyo dunyodagi eng tez rivojlanayotgan mintaqalardan biridir. Umumiy farovonlikka qaratilgan masalalar bshyicha har tomonlama fikr almashildi. Yangi tashabbus va hamkorlik yo‘nalishlari, jumladan, uzluksiz yetkazib berish zanjirlarini ishonchli ta’minlash, muhim qazilma materiallarni qayta ishlash, raqamlashtirish, turizm va shu kabi sohalarlarda yangi tashabbus va hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilindi. Uni amalga oshirish uchun ikki davlatda ulkan salohiyat va real imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.