Malayziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv to‘g‘risida
2024-yil 27-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kuala-Lumpur shahrida Malayziya tashqi ishlar vaziri Muhammad Hoji Hasan bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Qayd etilganidek, Toshkent va Kuala-Lumpur oʻrtasidagi masofa ulkan boʻlishiga qaramay, Oʻzbekiston va Malayziya tashqi ishlar vazirliklari doimiy ravishda yangi aloqa nuqtalarini izlaydi hamda siyosiy, parlamentlararo, iqtisodiy, madaniy va gumanitar muloqotni kengaytirishga koʻmaklashadi.