Lyuksemburgda “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” vazirlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

 

2023-yilning 23-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” 19-Vazirlar yig‘ilishida ishtirok etdi.

Uchrashuvda Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlik natijasida erishilgan yutuqlar sarhisob qilinib, kelgusi yil uchun asosiy ustuvor vazifalar belgilab olindi. Barqaror savdo aloqalarini qoʻllab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini yaratish, sanoat kooperatsiyasi va investitsiyaviy salohiyatni rivojlantirish, shuningdek, mintaqaning yashil iqtisodiyotga oʻtishini jadallashtirish uchun eng ilgʻor texnologiyalarni jalb etishga alohida eʼtibor qaratildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий