Latviya qishloq xo‘jaligi vaziri bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

2022-yilning 19-avgust O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Latviya Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri, Iqtisodiy, sanoat va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Latviya hukumatlararo komissiyasi hamraisi Kaspars Gerxards bilan uchrashdi.

Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Latviya hamkorligining bugungi holati hamda uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

K.Gerxards Latviya tomoni O‘zbekistonda jamiyatning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

Latviyaning yetakchi kompaniyalarini jalb etgan holda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining Latviya bozoriga eksportini ko‘paytirish, mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni mustahkamlash orqali iqtisodiy diplomatiyani faol ilgrai surish  yuzasidan fikr almashildi.

Qishloq xo‘jaligi sohasidagi aloqalarni yanada kengaytirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi. Organik dehqonchilik, urug‘chilik tizimini rivojlantirish, texnikalarni laboratoriya sinovidan o‘tkazish va qishloq xo‘jaligi uskunalarini sertifikatlash texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda ikki davlatning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi aloqalarining dolzarb masalalari ham muhokama qilindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий