Latviya, Norvegiya va Shvetsiya Elchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

2024-yil 28-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Latviya, Norvegiya va Shvetsiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchilari Reynis Troksha, Jon Mikal Kvistad va Tomas Danestad bilan qo‘shma uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda O‘zbekiston bilan ushbu davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning dolzarb masalalari, xalqaro va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Muzokaralar chog‘ida Skandinaviya va Boltiqboʻyi mamlakatlari bilan muntazam muloqotni faollashtirish, mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirish masalalariga asosiy eʼtibor qaratildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий