Latviya Elchisi bilan uchrashuv

 2022-yil 14-oktabr kuni Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligida Latviya Respublikasining mamlakatimizdagi Elchisi Reynis Troksha bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Muloqot chogʻida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari boʻyicha fikr almashildi, shuningdek, Latviya tashqi ishlar vaziri E.Rinkevichning joriy yil 8-10-fevral kunlari Oʻzbekistonga amalga oshirgan tashrifi yakunlari boʻyicha qabul qilingan “Yoʻl xaritasi” bandlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar siyosiy muloqotni, xususan, yuqori darajadagi aloqalarni yanada rivojlantirish va parlamentlararo munosabatlarni mustahkamlash zarurligini qayd etdilar.

Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarning asosiy yoʻnalishi sifatida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish muhimligi taʼkidlandi.

Joriy yil oxirigacha yoki 2023-yilning birinchi choragida TIVlararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini oʻtkazish muddatlarini ishlab chiqish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий