Latviya Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2023-yil 24-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Latviya Respublikasining Favquloda va Muxtor Elchisi Reynis Trokshani qabul qildi.
Muzokaralar chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Latviya hamkorligini yanada mustahkamlash hamda 2023-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
O‘zbekiston va Latviya o‘rtasidagi munosabatlarni o‘zaro manfaat kasb etadigan turli yo‘nalishlarda yanada rivojlantirish uchun yaqin hamkorlikni davom ettirishga ikki tomon ham tayyor ekani bildirildi.