Latviya Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

 2023-yilning 2-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Latviya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Reynis Trokshani qabul qildi.

Muloqotda O‘zbekiston-Latviya ko‘p qirrali munosabatlarining bugungi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Hamkorlikning 2022-yildagi yakunlari sarhisob qilindi va kelgusida o‘zaro manfaatli sheriklikni yanada mustahkamlashga qaratilgan rejalar belgilab olindi.

Qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish orqali iqtisodiy diplomatiyani faol rivojlantirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi ma’lum qilindi.

Joriy yilda rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar va tashriflar jadvali yuzasidan ham fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий