Kuvayt tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuv to‘g‘risida
10-aprel kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Kuvayt tashqi ishlar vazirining Ko‘rfaz arab davlatlari masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Najib al-Badr bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash, shuningdek, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.
Shuningdek, “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz” strategik muloqoti doirasida rejalashtirilgan tadbirlarni yuqori darajada tashkil etish masalalari muhokama qilindi.