Kuvayt Moliya vaziri, iqtisodiy ishlar va investitsiyalar bo‘yicha davlat vaziri bilan uchrashuv
2024-yil 21-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kuvayt moliya vaziri, iqtisodiy ishlar va investitsiyalar bo‘yicha davlat vaziri Nura Sulaymon Al-Fassom xonim bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqotda tomonla O‘zbekiston va Kuvayt o'rtasida iqtisodiy aloqalarini faollashtirish, istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish, yaqin hamkorlikni davom ettirish kabi masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashdi.