Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi o‘rinbosari Abdulaziz al-Uvayshiq bilan uchrashdi.

Muloqotda so‘nggi yillarda O‘zbekiston bilan ushbu tuzilma va unga a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik sezilarli darajada faollashgani, yangi amaliy mazmun bilan boyib borayotgani ta’kidlandi.

Bo‘lajak tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi. Ikki mintaqa o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladigan “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” strategik muloqotining joriy yil bo‘lib o‘tadigan ikkinchi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий