Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi bilan uchrashuv to'g'risida

 

2022-yil 7-sentabr kuni Ar-Riyod shahrida Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi Naif al-Hajraf bilan uchrashdi.

Bosh kotib O'zbekiston tomoniga Ar – Riyodda o’tkazilgan "Ko'rfaz Arab davlatlari hamkorlik kengashi - Markaziy Osiyo" Strategik muloqotining birinchi vazirlar yig'ilishida qatnashgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Naif Al-Hajrafning ta'kidlashicha, Kengash O'zbekistonning mintaqadagi o’rnini yuqori baholaydi va mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni qo'llab-quvvatlaydi. 

Tomonlar O'zbekiston va Kengash o'rtasidagi siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ta'lim va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirish bo'yicha aniq chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi "Yo'l xaritasi" ni ishlab chiqish masalasini o'rganishga kelishib oldilar. 

Dolzarb xalqaro va mintaqaviy mavzular, jumladan, Afg'onistondagi vaziyat muhokama qilindi. Kengash bosh kotibi O'zbekistonning Afg'onistonni ijtimoiy-iqtisodiy tiklashdagi o’rni va faol ishtirokini ijobiy baholadi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий