Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari bilan uchrashuv toʻgʻrisida

 

Qayd etilganidek, soʻnggi yillarda ikki davlat oʻrtasidagi aloqalar rivojlanishida izchil surʼat kuzatilib, alohida strategik sheriklik sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi.

Tomonlar 2021-yil dekabr oyida Seulda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston-Koreya sammiti oʻzaro hamkorlik holatini baholash va istiqbollarini belgilashda muhim voqea boʻlganini taʼkidladilar. Raqamlashtirish, “yashil rivojlanish”, shuningdek, kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratgan holda turli darajadagi munosabatlarni yanada faollashtirishga tayyorligi tasdiqlandi.

Oʻzbekiston va Janubiy Koreyaning xalqaro tashkilotlar doirasidagi oʻzaro hamkorligi yuzasidan fikr almashildi.

Investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy sohalardagi hamkorlikni baholash hamda uning istiqbollarini belgilashga alohida eʼtibor qaratildi.

Toʻqimachilik sanoati sohasida oʻzaro hamkorlik masalalarining dolzarbligi va ahamiyati qayd etildi. Oʻzbekiston Koreyaning yetakchi kompaniyalarini ushbu yoʻnalishdagi ishlab chiqarishga jalb etishdan manfaatdor ekani taʼkidlandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий