Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot o‘tkazildi

 2023-yil 22-mart kuni O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidovning Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Pak Chin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Janubiy Koreya alohida strategik sherikligini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Ko‘plab yo‘nalishlar, jumladan, raqamlashtirish, “yashil” iqtisodiyot va ijtimoiy sohalardagi loyihalarni amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Tomonlar, shuningdek, 2023 yilga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar jadvalini ham muhokama qilishdi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий