Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar to‘g‘risida
2024-yil 4-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Seul shahrida Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Cho Txe Yol bilan uchrashdi. Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Koreya Respublikasi Prezidentining joriy yil Iyun oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan muloqoti yuqori texnologiyalar, innovatsion iqtisodiyot, “yashil” energetika, aqlli qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda yanada faol hamkorlikka yo‘l ochganini qayd etdi. Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi barcha kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish, ayniqsa, iqtisodiy sohada yangi kompleks loyihalarni ishlab chiqish, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.