Koreya Respublikasi elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

2025-yil 24-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Von Do Yon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarning bugungi holati va uni yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi, shuningdek, oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlar davomida erishilgan kelishuvlarning ijrosi yuzasidan fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий