Koreya Respublikasi elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

2025-yilning 8-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Koreya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Von Do Yon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий