Koreya Respublikasi Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

2024-yil 10-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kim Xi-sang bilan uchrashdi.

Muzokaralar chogʻida 2024-yilda siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda oʻtkazilishi rejalashtirilgan qoʻshma tadbirlar jadvali va kun tartibi koʻrib chiqildi.

Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning faol sur’atini saqlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий