Koreya Respublikasi Elchisi bilan uchrashuv

 

2023-yil 21-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kim Xi Sangni qabul qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Koreya hamkorligining bugungi kun tartibiga oid keng ko‘lamli masalalar, jumladan, turli darajadagi bo‘lajak tadbirlar ko‘rib chiqildi.

Tomonlar, shuningdek, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni ko‘rib chiqdilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий