Konstitutsiyaviy islohotlarga bag'ishlangan davra suhbati bo'lib o'tdi
2022-yil 6-sentabr kuni Bryussel shahrida "Konstitutsiyaviy islohot: qonun ustuvorligi, xavfsizlik, erkin va adolatli fuqarolik jamiyatini rivojlantirish asoslari" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Tadbirda Yevropa parlamenti deputatlari, Yevropa komissiyasi, Yevropa kengashi, Yevropa Tashqi harakatlar xizmati vakillari, Benilyuks davlatlarining turli davlat organlari, ekspert-tahliliy va ishbilarmon doiralar, ommaviy axborot vositalari, Belgiyada akkreditatsiyadan o'tgan diplomatik korpus vakillari, shuningdek, vatandoshlar va O'zbekiston fuqarolari ishtirok etdi.
Davra suhbati chog’ida O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov, O'zbekiston delegatsiyasi a'zolari - Konstitutsiyaviy komissiya a'zosi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo'mitasi raisining o'rinbosari Qodir Jo’rayev, Konstitutsiyaviy komissiya a'zosi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari qo'mitasi raisi Ilhom Abdullayev, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi o'rinbosari Akramjon Ne'matov va O'zbekiston Respublikasi "Taraqqiyot strategiyasi" ijrochi direktori Eldor Tulyakov nutq so’zladilar.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotning mohiyati va ahamiyati haqida tadbir ishtirokchilariga ma’lumot yetkazildi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko'lamli o'zgarishlar, shuningdek, O'zbekiston tashqi siyosatida samaradorlik va izchillikni ta'minlash konstitutsiyaviy bazani takomillashtirish hamda mustahkamlashni talab qilishi ta'kidlandi.
Shu munosabat bilan joriy yil 25-iyunidan 1-avgustigacha butun mamlakat bo'ylab Konstitutsiya loyihasi bo'yicha xalq muhokamasi bo'lib o'tdi va unda 150 mingdan ortiq takliflar qabul qilindi. Takliflarning 67 foizini 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar kiritgani e’tiborga molikdir. Konstitutsiya loyihasini muhokama qilishda chet elda yashovchi fuqarolarimiz va vatandoshlarimiz ham faol ishtirok etib, ulardan yuzlab takliflar kelib tushdi.
Bundan tashqari, qonun loyihasini tayyorlash doirasida asosiy xalqaro standartlar, ilg'or xorijiy tajriba, dunyoning yuzdan ortiq mamlakatlari, jumladan, Yevropa va Osiyo davlatlari, AQSh konstitutsiyalari o'rganildi.
Konstitutsiya loyihasi xalqning konstitutsiyaviy islohotlarda bevosita ishtirokini ta'minlash maqsadida referendum o'tkazish yo'li bilan qabul qilinishi alohida ta'kidlandi.
Davra suhbati ishtirokchilari O'zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarni olqishladilar. Ushbu jarayon demokratiyani yanada mustahkamlashga, inson huquqlariga rioya qilishga va mamlakatda samarali davlat boshqaruvini ta'minlashga yordam berishiga ishonch bildirildi.
Yevropa parlamentining xalqaro savdo qo'mitasi raisi o'rinbosari Iuliu Vinkler (Ruminiya) qayd etganidek, konstitutsiyaviy islohotlarning asosi bo'lgan takliflar O'zbekistonning yanada rivojlanishi va fuqarolar farovonligini oshirishga xizmat qilishini ta'kidladi. O'zbekistonda konstitutsiyaviy islohotlarni boshlangan o'zgarishlarning mantiqiy davomi bo’lib, Yeropa tomoni ularni qo'llab-quvvatlaydi.
Evropa parlamentidagi "Evropa Ittifoqi-O'zbekiston" Do'stlik guruhi raisi Richard Charnetskiy (Polsha) ta’kidlashicha, Evropa Ittifoqi O'zbekistonni Markaziy Osiyodagi yetakchi mamlakat deb biladi va ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdordir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o'zgartishlarga xalq irodasiga asoslangan va inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan muhim voqeasi deya ta’rif berdi. O’zgarishlarning asosiy maqsadi har bir fuqaroning huquq va erkinliklari kafolatlangan huquqiy demokratik jamiyatni yaratishdir.
Yevropa parlamenti Tashqi ishlar qo'mitasi a'zosi Tierri Marianining (Fransiya) O'zbekistonda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarni yuqori baholadi. Uning fikricha, mamlakatdagi o’zgarishlar islohotlar har bir fuqaroning yorqin va baxtli kelajagi uchun amalga oshirilmoqdaki, bu respublikada hayotga tatbiq etilayotgan siyosatining eng muhim jihati hisoblanadi.
Yevropa tashqi harakatlar xizmatining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo'yicha boshqaruvchi direktori o'rinbosari Lyuk Devinning so’zlariga qaraganda, O'zbekiston-Yevropa munosabatlari jadal rivojlanib, so’nggi vaqtlarda sezilarli darajada jadallashdi va ko'p qirrali xususiyat kasb etib bormoqda. Barcha darajalarda, jumladan oliy darajalarda yaqin muloqot olib borilayotir. Yaqinda Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishel O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Mustaqillik kuni munosabati bilan tabrik yo'lladi. Bungacha ular so'nggi uch yil ichida uch marta telefon orqali suhbatlashishgan.
Yevropa Ittifoqi ikki tomonlama va mintaqaviy dasturlar orqali qonun ustuvorligi, sud tizimi va barqaror rivojlanish bo'yicha islohotlarni qo'llab-quvvatlayotgani ta'kidlandi. O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar ortga qaytmas xususiyatga ega ekaniga ishonch bildirildi.
Xulosa qilib aytganda, ishtirokchilar O'zbekiston delegatsiyasiga O'zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar to'g'risida batafsil ma'lumot berganliklari uchun minnatdorchilik bildirdilar va bunday muhokamalarning o'z vaqtida va foydaliligini ta'kidladilar.