Kobuldagi muzokaralar to‘g‘risida

 2022-yil 19-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha Maxsus vakili – O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Kobul shahriga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida Afg‘oniston Bosh vaziri o‘rinbosarlari – Mulla Abdul G’ani Barodar va Abdusalom Hanafiy bilan alohida muzokaralar o‘tkazildi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash istiqbollarini, shuningdek, Afg‘oniston hududida energetika va transport-kommunikatsiya sohalarida O‘zbekiston tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan turli infratuzilma loyihalarini muhokama qildilar.

Afg‘oniston tomoni O‘zbekiston rahbariyatiga mamlakatga ko‘rsatilayotgan insonparvarlik yordami, shuningdek, milliy iqtisodiyotni tiklash borasidagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirdi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий