Kanadaning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2024-yil 28-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Kanadaning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Devid Uilyam Sproul bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida Afg‘oniston yo‘nalishidagi O‘zbekiston-Kanada munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, mamlakatda mustahkam tinchlik hamda barqarorlik o‘rnatishga ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi.
D.Sproul Afg‘oniston bo‘yicha yaxlit mintaqaviy pozitsiyani ishlab chiqish, ushbu mamlakatda uzoq muddatli tinchlik va barqarorlik o‘rnatish, shuningdek, afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish borasidagi O‘zbekiston sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.
Afg‘oniston milliy iqtisodiyotini tiklash masalalari, shuningdek, mazkur mamlakatni mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik jarayoniga jalb etish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.