JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2024-yilning 8-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Ashina Xalakdina bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va JSST o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi. Tomonlar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining tegishli bandlarini amalga oshirishda yaqin aloqalarni davom ettirish zarurligini ta’kidladilar.
Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni kengaytirish bo‘yicha hamkorlikni faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi.