JIDU talabalari bilan uchrashuv
2022-yil 24-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Kadrlar va ta’lim muassasalari boshqarmasi hamda Matbuot xizmati tashabbusi bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Muloqotda mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yo‘lida olib borilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi. Jumladan, bo‘lg‘usi diplomatlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, xalqaro mavzularda qalam tebrata oladigan yigit-qizlarning professional ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish muhimligi qayd etildi. Bu jarayonda talabalarga Vazirlik Matbuot xizmati katta maktab vazifasini o‘tashi mumkinligi bildirildi.
Samimiy, ochiq va do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuvda talabalar fikr-mulohazalarini bildirdilar, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.