JICA bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

 

2022-yilning 22-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Tokioga tashrifi davomidagi ilk uchrashuvni Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) vitse-prezidenti Junichi Yamada bilan oʻtkazdi.

Muzokaralar chogʻida Oʻzbekiston va JICA oʻrtasidagi “Taraqqiyot uchun rasmiy koʻmak” dasturi doirasidagi oʻzaro hamkorlikning ijobiy surʼati mamnuniyat bilan qayd etildi.

1993-yildan 2021-yilgacha mazkur tuzilma homiyligida mamlakatimizda imtiyozli kreditlar doirasida 1,5 milliard AQSH dollari, grantlar va texnik koʻmak dasturlari boʻyicha 232,2 million AQSH dollarilik loyihalar amalga oshirildi.

Ayni paytda umumiy qiymati 4,7 milliard AQSH dollarilik 13 ta loyiha amalga oshirilmoqda.Tomonlar, shuningdek, 700 million dollarlik 14 ta yangi loyiha ustida ishlamoqda.

Junichi Yamada JICA Oʻzbekistonni Markaziy Osiyodagi asosiy hamkori deb bilishini hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli yangilanishlar jarayonini yuksak qadrlashini taʼkidladi.

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi vitse-prezidenti JICA Oʻzbekiston tomoni bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga xayrixoh ekanligiga ishonch bildirdi.

Energetika, chiqindilarni kamaytirish, ekologik toza texnologiyalarni joriy etish, eksportni qoʻllab-quvvatlash, transport va logistika, sogʻliqni saqlash va taʼlim sohalari oʻrta muddatli istiqbolga moʻljallangan ustuvor yoʻnalishlar etib belgilandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий