Jazoir Elchisi bilan uchrashuv toʻgʻrisida
2023-yil 2-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Jazoir Xalq Demokratik Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Bumedian Gennadni qabul qildi.
Uchrashuvda siyosiy muloqotni faollashtirish, jumladan, oʻzaro tashriflar, maslahatlashuvlar tashkil etish, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, xalqaro institutlar doirasidagi hamkorlikning ijobiy tajribasini saqlab qolish masalalari muhokama qilindi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikka alohida eʼtibor qaratildi. Shu nuqtayi nazardan, Oʻzbekiston va Jazoir savdo-sanoat palatalari oʻrtasidagi hamkorlikni faollashtirish, qishloq xoʻjaligi, farmatsevtika, turizm va boshqa sohalarda qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.