Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh kotibi bilan uchrashuv haqida

 

2022-yil 7-noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov mamlakatimizga tashrif buyurgan Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) Bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashuv o'tkazdi. 

Z.Pololikashvili O’zbekistonda turizm infratuzilmasini takomillashtirish, tarixiy obidalarni saqlash va rekonstruksiya qilish, sayohatchilar uchun qulay sharoitlar yaratish bo'yicha amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlarga yuqori baho berdi. 

UNWTO uchun O'zbekiston yetakchi sheriklardan biri bo’lib, Tashkilot respublika bilan aloqalarni har tomonlama jadallashtirishga tayyorligini ma'lum qilindi. Mazkur tuzilma O'zbekistonning turizm sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi rolini yuqori baholagan holda, mamlakatimiz tomonidan Buyuk ipak yo'lini tiklash, Markaziy Osiyoda mintaqalararo turizmni rag'batlantirish, mintaqaviy sayyohlik dasturlarini ishlab chiqish va transchegaraviy yo'nalishlarni shakllantirish orqali sayyohlar oqimlarni ko'paytirish bo'yicha olib borayotgan siyosatini e’tirof etmoqda. 

Ta'lim jabhasidagi aloqalarga alohida e'tibor qaratildi. Samarqand shahridagi "Ipak yo'li" Xalqaro turizm universitetini soha bo'yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan mintaqaviy markazga aylantirish, UNWTOga a'zo mamlakatlarning sayyohlik oily o’quv yurtlari rektorlari forumini o'tkazish, Tashkilot bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot muassasalari tarmog'ini yaratish bo'yicha takliflar ko'rib chiqildi. 

2023-yili Samarqand shahrida o’tkaziladigan UNWTO Bosh Assambleyasi 25-sessiyasiga tayyorgarlikning tashkiliy jihatlari ko'rib chiqildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий