Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida yangi fakultet

 

 

2022-yil 23-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida yangi "Executive Education" ("Rahbarlar uchun ta'lim") fakultetining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov ishtirok etdi va nutq so’zladi.

Yangi fakultet faoliyatining asosiy yo‘nalishi rahbar hodimlarni zamonaviy boshqaruv va biznes yuritish usullariga o‘rgatish, raqobatbardoshlikni oshirish, jahon savdo va investitsiya faoliyatining zamonaviy tendensiyalari hamda iqtisodiyotning turli sohalarida eng yangi texnologiyalarni joriy etish tajribasi bilan yaqindan tanishtirishdan iboratdir.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий