Italiya Elchisi bilan uchrashuv

 2022-yilning 11-oktabr kuni Tashqi ishlar vazirligida Italiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Agostino Pinna bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ta’lim va boshqa sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Shunigdek, joriy yilning 25-sentabr kuni Italiyada bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari va yangi Italiya hukumatini shakllantirish jarayoni yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar Savdo-iqtisodiy, sanoat hamkorlik va eksport kreditlari bo‘yicha hukumatlararo ishchi guruhining 7-yig‘ilishini yaqin kelajakda Toshkent shahrida tashkil etish yuzasidan muhokamalar olib bordi.

Shu bilan birgalikda, tomonlar O‘zbekiston va Italiyada har yili italyan hamda o‘zbek tili va madaniyatiga o‘zaro qiziqish kuchayib borayotganini yuqori baholadilar.

Shu nuqtayi nazardan, 2023-yilda O‘zbekiston va Italiyaning yetakchi universitetlari rektorlarining yillik forumini tashkil etish, “raqamli iqtisodiyot”, muhandislik, sanoat dizayni, agrosanoat va turizm sohalarida mutaxassislarni birgalikda tayyorlash masalasini o‘rganishga kelishib olindi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha kelgusi yilning birinchi yarmida TIVlararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini o‘tkazish sanalarini ishlab chiqish, shuningdek, yaqin kelajakda madaniy tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий