Italiya Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2024-yilning 26-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Italiyaning O‘zbekistondagi Elchisi sifatidagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Agostino Pinnani qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi strategik sheriklikning muvaffaqiyatli rivojlanayotgani, xususan, dinamik iqtisodiy hamkorlik, yangi investitsiyaviy loyihalar, tadbirkorlar o‘rtasidagi yaqin aloqalar va muntazam siyosiy muloqotlar ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlashda muhim o‘rin tutayotgani ta’kidlandi. Tashqi ishlar vazirligi nomidan Elchining mamlakatimizdagi fidokorona xizmati uchun chuqur minnatdorlik bildirildi va Vazir uning kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.