Italiya Deputatlar palatasi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2024-yil 29-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Italiya Deputatlar palatasi raisi Lorenzo Fontana bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki tomonlama va global kun tartibidagi mavzular yuzasidan fikr almashildi. O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi munosabatlar barcha yo‘nalishlarda jadal o‘sishni namoyon etayotganligi ta'kidlandi. Tarixiy aloqalar, oliy va yuqori darajadagi muntazam almashinuvlar, parlamentlardagi do‘stlik guruhlari faolligi ham salmoqli yangi natijalar berayotganligi qayd etildi.