Istanbulda “O‘zbekiston – Islom sivilizatsiyasi markazi” nomli fotoko‘rgazma tashkil etildi

 2022-yil 1-iyun kuni Istanbul shahrida O‘zbekiston Respublikasining Istanbul Bosh konsulxonasi, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi islom sivilizatsiyasi markazi hamda Islom hamkorlik tashkilotining Islom tarixi, sanʼati va madaniyati tadqiqot markazi (IRCICA) bilan hamkorlikda “O‘zbekiston – Islom sivilizatsiyasi markazi” nomli fotoko‘rgazma tashkil etdi.

Tadbirda IRCICA bosh direktori M.E.Kilich, Istanbul hokimi o‘rinbosari O.Bozkurt, “Demiroren” axborot agentligi bosh direktori J.Korkut, “O‘zbekiston madaniyati, birdamligi va hamkorligi jamiyati” rahbari Ch.Kochar, Istanbul shahri diniy boshqarmasi xodimlari, “Naqshbandiya” tariqati vakillari, Turkiya oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, talabalar va boshqa mehmonlar ishtirok etdilar.

Tadbir ishtirokchilariga O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida milliy-diniy qadriyatlarimiz, tariximiz, buyuk allomalarning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissalarini milliy va xalqaro miqyosda targ‘ib etishga, islom sivilizatsiyasini mamlakatimizda rivojiga alohida eʼtibor qaratilayotganligi taʼkidlab o‘tildi.

Islom dini tarqalgan barcha o‘lkalarda misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar ro‘y bergani, Markaziy Osiyoda, ayniqsa, hozirgi O‘zbekistonda yuksak madaniyat va taraqqiyot yuzaga kelib, ulardan ko‘plab olimlar yetishib chiqqanini qayd etdi.

Barcha mehmonlarga O‘zbekistonda ziyorat turizmi yo‘nalishida hukumat tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar batafsil tushuntirilib, bu kabi foto-ko‘rgazmalar bilan cheklanib qolmasdan, O‘zbekistondagi tarixiy obidalar va haqiqiy sanʼat asarlarini jonli ravishda ko‘rishni tavsiya qilindi.

Yig‘ilganlar O‘zbekistonning islom madaniyati rivojida tutgan o‘rni, tarixda bu o‘lka nafaqat islom dini, balki barcha sohalar taraqqiyotida sivilizatsiyalar chorrahalaridan biri hisoblanganliginiga urg‘u berdilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий